AsosiyJamiyat
2581

Milliy gvardiya Jah Khalib konsertidagi tartibsizlikda jinoiy guruh a`zolari bilan to`qnashuv yuz berganini rad etdi

'Milliy gvardiya Jah Khalib konsertidagi tartibsizlikda jinoiy guruh a`zolari bilan to`qnashuv yuz berganini rad etdi'ning rasmi

Avvalroq, Jah Khalib konsertiga soxta bilet sotilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar bergan edik.

Milliy gvardiya xizmatining ma`lum qilishicha, ayrim kimsalar tomonidan “Minglab odamlar konsertga soxta chiptalar yordamida kirishga uringan payt, jinoiy guruh a`zolari hamda xavfsizlik kuchlari o`rtasida to`qnashuv bo`lgan” degan ma`lumotlar tarqatgan.

"Yurtdoshlarimizdan bu kabi yolg`on xabarlarga ishonib qolmasliklarini so`rab qolamiz. Mavzuga doir savollarga aniq va ishonchli javob olishingiz uchun 71.236-50-74 yoki 97 448-04-77 raqamlariga qo`ng`iroq qilib Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig`i bilan bog`lanishingiz mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan ma`lumotlarni tarqatmasliklarini so`rab, yolg`on ma`lumotlar tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib qolamiz", deyiladi munosabatda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar