AsosiyJamiyat
2714

Toshkentda internet orqali pirotexnika vositalarini sotayotgan shaxs qo`lga tushdi

'Toshkentda internet orqali pirotexnika vositalarini sotayotgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Bojxona qo`mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs 108 dona salyutlarni qabul qilib, o`zi boshqaruvidagi «Spark» avtomashinasiga yuklayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.

Tezkor tadbir poytaxtning Yunusobod tumanida davom ettirilib, ushbu shaxsning xonadoni ko`zdan kechirilganida bu erda ham 12 nomdagi 1382 dona salyutlar saqlanayotganligi ma`lum bo`ldi.

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, qonunbuzar shaxs pirotexnika vositalarini asosan elektron tijorat platformalari orqali mijozlarga pullab kelgan.

Shunday qilib mazkur holatda qiymati 350 mln so`mlik jami 1490 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Raqamlarga ko`ra, joriy yilning o`tgan davri mobaynida bojxona organlari tomonidan aniqlangan 85 ta holatda qiymati salkam 2,2 mlrd so`mlik 1 mln 951 ming dona pirotxenika vositalarining noqonuniy olib kirilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo`yilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar