1

O`zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogi bosqichida g`olib bo`ldi

Sport 04.12.2023, 14:21
O`zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogi bosqichida g`olib bo`ldi

Antalya shahrida qilichbozlikning sablya yo`nalishi bo`yicha yoshlar o`rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichida O`zbekiston terma jamoasi vakillari oltin medalga ega bo`ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko`ra, jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda o`zbekistonlik qiz va yigitlar kuchli jamoalarni mag`lub etib, 1-o`rinni egalladi.

 O`zbekiston erkaklar jamoasi musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag`lubiyatga uchratdi. Qizlar esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalardan ustun keldi.

Yigitlar:

1.O`zbekiston;
2.Turkiya;
3.Ruminiya.

Qizlar:

1.O`zbekiston;
2.Italiya.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1