1

Sobiraxon Shahobiddinova boks bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempioni bo`ldi

Sport 04.12.2023, 18:41
Sobiraxon Shahobiddinova boks bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempioni bo`ldi

Armanistonda o`tayotgan boks bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionati dastlabki final janglari yakuniga etdi. Unda 4 nafar hamyurtimiz oltin medal uchun jang qilishdi.

Ular orasida +80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sobiraxon Shahobiddinova g`alaba qozonib, jahon chempionligini qo`lga kiritgan bo`lsa, qolgan 3 bokschimiz musobaqani kumush medal bilan yakunladi.

-48 kg: Maftuna Musurmonova — Anastasiya Tyunina (Rossiya) 1:4
-75 kg: Maftuna Yangieva — Ekaterina Frolova (Rossiya) 0:5
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova — Prachi Tokas (Hindiston) 5:0
-63 kg: Hikmatillo O`lmasov — Jon Maher (Irlandiya) 1:4

Bugun yana 3 nafar bokschimiz chempionlik uchun ringga ko`tariladi.

-57 kg: Sevara Mamatova - Vini (Hindiston)
-60 kg: Feruzjon Sa`dullaev - Andranik Martirosyan (Armaniston)
+80 kg: Islom Salihov - Hemant Sangvan (Hindiston)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1