AsosiyJamiyat
2726

Toshkent viloyatida tarbiyachi bolaning boshiga urib-urib dars o`tdi (video)

'Toshkent viloyatida tarbiyachi bolaning boshiga urib-urib dars o`tdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda bog`cha tarbiyachisi yosh bolani urgani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Ombudsman ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Logo bilim” ta`lim markazida pedagog 2009 yilda tug`ilgan tarbiyalanuvchi M.B.ni urgan holda olib borayotgan mashg`uloti yuzasidan Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D.ning murojaati kelib tushdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan bugun 5 dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.

O`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan bolaga nisbatan bunday pedagogikaga zid harakatlarga yo`l qo`ygan mutaxassis hozirda ishdan bo`shatilgan bo`lib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.

Ta`lim muassasalarida bolalarga nisbatan bunday nomaqbul muomalada bo`lish holatlari Bolalar ombudsmani nazoratida va ular yuzasidan qonuniy tartibda chora ko`rish bo`yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish olib borilmoqda.

"Mazkur holat yuzasidan qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi" deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar