AsosiyJamiyat
77385

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Farhod Abdullaev og`ir judolikka uchradi

'O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Farhod Abdullaev og`ir judolikka uchradi'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, kino va teatr aktyori Farhod Abdullaevning onasi vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar qildi va san`atkorga hamdardlik bildirdi. 

Ma`lumot uchun: O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Farhod Abdullaev 1957 yil 1 oktyabrda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan.

1979 yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 2022 yilda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist unvonini olgan. U o`nlab komik va dramatik obrazlari bilan o`zbek xalqining sevimli aktyoriga aylanib ulgurgan. Hozirda "Sevimli" telekanalida "Eslab eslab" ko`rsatuvida boshlovchi sifatida ham faoliyat olib bormoqda. 

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar