AsosiyJamiyat
2090

Yomg`ir, qor. 20 daraja sovuq...

'Yomg`ir, qor. 20 daraja sovuq...'ning rasmi

"O`zgidromet" 10-12 dekabr kunlari O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, 10 dekabr qor yog`ishi mumkin, 10 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 11 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 12 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 dekabr ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor).

Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 11 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi

1-6° iliq, 12 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 10 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 11 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 12 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 dekabr ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor).

Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,. Harorat 10 dekabrda kechasi 2° -3° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 11 dekabrda kechasi 2° -3° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 12 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 dekabr ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor).

Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 11 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq 12 dekabrda kechasi 1-6 sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, 10 dekabr yog`ingarchilik kutilmaydi, 11-12 dekabrda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor).

Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi, 11 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 12 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, 10 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 11-12 dekabrda qor yo`g`adi, 11 dekabrda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq, 11 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 12 dekabrda kechasiva kunduzi 5-10° sovuq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar