AsosiyJamiyat
14173

Bedarak yo`qolgan 19 yoshli sirdaryolik qizni topishda yordam berganlarga 10 mln so`m mukofot va`da qilinmoqda

'Bedarak yo`qolgan 19 yoshli sirdaryolik qizni topishda yordam berganlarga 10 mln so`m mukofot va`da qilinmoqda'ning rasmi

Guliston shahar, Ma`naviyat MFY, Suvchilar ko`chasi, 97-uyda yashagan 20.07.2004 yilda tug`ilgan, millati o`zbek, Anvarova Tursunoy Rustam qizi 2023 yil 15 noyabr kuni yashash xonadonidan chiqib ketib bedarak yo`qolgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati e`lon berdi.

Qizni topilishida ko`maklashgan fuqarolar 10.000.000  (O‘N MILLION) (https://t.me/SirdaryoviloyatIIB) so`m pul mablag`i bilan mukofotlanadi hamda ma`lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma`lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

Alohida belgilari: bo`yi 165-170 sm, sochi uzun, ko`zlari qora yumaloq, labi, burni va quloqlari o`rtacha kattalikda, yuzi cho`zinchoq bug`doy rangli.  Egnida qaymoqrang kurtka, qora rangli shim, oq rangli sport oyoq kiymi, qo`lida oq rangli ayollar ryukzagi bo`lgan.

Ushbu shaxs haqida ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`raladi.

Tel: 102, 97-121-55-05, 91-135-45-55, 67-343-51-11 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar