AsosiyJamiyat
1734

Toshkent shahridagi Vebster universitetining yangi kampusi quriladi

'Toshkent shahridagi Vebster universitetining yangi kampusi quriladi'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasining Sent-Lyuis shahridagi Vebster universitetiga xizmat safari bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati.  

Tashrif doirasida o`tkazilgan samarali uchrashuvlar natijasi o`laroq, tomonlar Toshkent shahridagi Vebster universitetining yangi kampusi qurilishiga doir kelishuv hamda O`zbekistonda yangi hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish va muvofiqlashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi – yo`l xaritasini imzolashga erishdilar.

Ushbu kunning eng yorqin va e`tiborga loyiq voqeligi bu - O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri o`rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tomonidan Vebster universiteti Prezidenti Julian Shusterga “Oliy ta`lim a`lochisi” ko`krak nishonining tantanali ravishda topshirilishi bo`ldi.

Shuningdek, vazir o`rinbosari S.Buzrukxonov bu erda Toshkent shahridagi Vebster universitetidan kelib tahsil olayotgan talabalar bilan ham uchrashib, ularning o`quv jarayonlari, shart-sharoitlari bilan qiziqdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar