Soliq qo`mitasining Yandex Go, MyTaxi, Uklon va boshqa taksi xizmatlari to`lovlarni fiskallashtirish to`g`risidagi xabarida o`zini o`zi band qilgan haydovchilar cheklari uchun keshbek berish to`g`risidagi ma`lumotlar e`lon qilinmagan. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko`ra, Prezidentimizning PQ-5252-son qaroriga muvofiq avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo`l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to`lov hamda o`zini o`zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklariga 1% keshbek berilmaydi.
Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda 135 mln so`m keshbek berilishi haqidagi ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmasligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.
09.12.2023 19:02
O`z-o`zini band qilgan haydovchilar cheklariga keshbek berilishiga aniqlik kiritildi






