AsosiyJamiyat

O`zbekistonning ochiq ma`lumotlar portali “Gold level” oltin darajadagi sertifikat oldi

'O`zbekistonning ochiq ma`lumotlar portali “Gold level” oltin darajadagi sertifikat oldi'ning rasmi

2023 yil 5 dekabr kuni Londondagi Ochiq ma`lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portali data.egov.uz  “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.

Bugungi kunda Ochiq ma`lumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan. Lekin, dunyoda atigi 3 ta sayt eng yuqori bo`lgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega bo`lgan. Ulardan biri O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti stat.uz. 

Shuningdek, dunyoda jami 9 ta sayt va portallar “Gold level” oltin darajadagi sertifikat olishga muyassar bo`lgan va ular qatoriga O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portali data.egov.uz ham qo`shildi.

Ochiq ma`lumotlar Sertifikati – ochiq ma`lumotlarning nashr etilishini professionallashtirish uchun tasdiqlangan standartlar to`plamiga mos keladigan mustaqil sifat belgisidir.

Barqaror ochiq ma`lumotlardan foydalanishni qo`llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.

Hozirgi kunda, O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalida jami 9 mingga yaqin ma`lumotlar to`plamlari 3 tilda (o`zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar