AsosiyJamiyat
2273

O`zbekistonda tomorqachilarga yaratilayotgan sharoitlar haqida ma`lumot berildi

'O`zbekistonda tomorqachilarga yaratilayotgan sharoitlar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Tomorqa erlaridan samarali foydalanish bo`yicha amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda echimini kutayotgan muommolar ham mavjud. Masalan, suv ta`minotidagi muommolar sabab yillar davomida tomorqa erlariga ekin ekish, dehqonchilik qilish imkoniyati bo`lmagan mahallalar soni ham talaygina edi. Davlatimiz tomonidan ko`rilgan zaruriy choralar sababli suv ta`minoti og`ir bo`lgan ko`plab mahallalarga suv chiqarib berildi.

Jumladan, Suv ta`minoti og`ir bo`lgan 1 115 ta mahallada tomorqalarni sug`orish uchun 2 163 ta artezian quduqlari qazish harajatlarini qoplab berish uchun byudjet mablag`lari hisobidan 200 mlrd so`m subsidiya ajratildi. Natijada 5 134 ta xonadonning 2,5 ming gektar tomorqa er maydonlarida ekin ekish va daromad olish imkoniyati yaratildi.

Tomorqadan yaxshi daromad olish uchun etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ham tizimli ishlar yo`lga qo`yilmoqda. Jumladan, hududlardagi “Tomorqachilikni rivojlantirish markazlari”da o`quv mashg`ulot maydonlarida qishloq xo`jaligi olimlari, soha mutaxassislari, ko`p yillik tajribaga ega usta-dehqonlarni jalb qilgan holda jami 7 mingdan ortiq tomorqa er egalariga shu soha bo`yicha keng tushuncha va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Bundan tashqari, o`z tomorqasida mehnat qilib, erga mehr berib elda aziz bo`layotgan, shaxsiy tomorqa er uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, sohaga zamonaviy innovasion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza va sifatli mahsulotlarni etishtirayotgan dehqonlarimiz soni yildan yilga ko`payib bormoqda.

Joriy yil “Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni” bayrami arafasida 809 nafar namunali tomorqa er egalari O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashining “Namunali tomorqachi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, tomorqada qishloq xo`jaligi ishlari bilan shug`ullanib kelayotgan 286 ming nafar fuqarolar Soliq organida o`zini-o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tgan.

 

Faxriddin SUYuNOV,

O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va

tomorqa er egalari kengashi bo`lim boshlig`i

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar