AsosiyJamiyat
2846

Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida qor yog`ishi mumkin

'Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida qor yog`ishi mumkin'ning rasmi

”O`zgidromet” 11 dekabr, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Toshkentshahrida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +1...+3 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunduzi ba`zi joylarda qor yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 5...–10 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +1...+6 daraja bo`ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, JizzaxvaSirdaryoviloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo`ladi.

QashqadaryovaSurxondaryoviloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo`ladi.

Andijon, NamanganvaFarg`onaviloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0...–5 daraja bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar