AsosiyJamiyat
2040

Fаrg`onada o`tkazilgan tezkor tadbirda yana 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

'Fаrg`onada o`tkazilgan tezkor tadbirda yana 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor vaziyat barqarorligini ta`minlash hamda jinoyatchilikni jilovlash bo`yicha o`tkazilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar o`tkazildi.

Tadbirlar davomida 96 ta jinoyatlar aniqlandi. 

Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo`yildi. 

O`tkazilgan tadbirlar natijasida, 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli ta`sir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yaroqlar, 221 ta o`q-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Misol uchun, Toshloq tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro o`z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o`q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o`q-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelinganligi aniqlandi.

Shuningdek, joriy yilning 9 dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o`tkazilgan tadbirlar natijasida, muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marg`ilon shahar Guliston MFY B.Marg`iloniy tor ko`chasi 11-uyda yashovchi 1988 yilda tug`ilgan, tezkor vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor Karimov Abdullo Qosimjonovich, shaxsga og`ir tan jarohati etkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi. 

Tadbirlar davom ettirilmoqda

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar