AsosiyJamiyat
1479

Toshkentdagi xonadondan ko`p miqdordagi pirotexnika buyumlari topildi

'Toshkentdagi xonadondan ko`p miqdordagi pirotexnika buyumlari topildi'ning rasmi

Yunusobod tumanida pirotexnika buyumlarini sotmoqchi bo`lgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.B.ning xonadonidan fuqaro S.B.ga tegishli yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab qo`yilgan 378 dona “Best Cold Fountains Indon Use”, 96 dona “Salyut” va 20 dona “Volk” nomli pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi  qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar