AsosiyJamiyat
1773

Farg`ona aeroportida yangi qo`nish tizimi o`rnatildi

'Farg`ona aeroportida yangi qo`nish tizimi o`rnatildi'ning rasmi

Farg`ona xalqaro aeroportida 11 dekabr kuni qo`nish tizimini modernizasiya qilish bo`yicha ishlar yakunlandi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabar berdi.

Modernizasiya ishlari yakunlangach, maxsus havo kemasi tomonidan tizimning O`zbekiston Respublikasi va ICAO xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti talablariga muvofiqligini aniqlash uchun sinov parvozi o`tkazildi.

Farg`ona aeroportidagi zamonaviy ILS/DME qo`nish tizimi murakkab meteorologik sharoitlarda havo kemalarining qo`nishini va aerodrom hududida parvozlar xavfsizligini ta`minlaydi  hamda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifatini oshiradi.

Farg`ona aeroporti odatiy rejimda ishlamoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar