1

Farrux Ro`zievning muhokamalarga sabab bo`lgan bank xodimi 750 million so`m pensiya pullarini qimor o`ynab, yutkazib qo`ygani haqidagi gapiga izoh berildi

Iqtisodiyot 13.12.2023, 11:44
Farrux Ro`zievning muhokamalarga sabab bo`lgan bank xodimi 750 million so`m pensiya pullarini qimor o`ynab, yutkazib qo`ygani haqidagi gapiga izoh berildi

Xalq banki raisining o`rinbosari Farrux Ro`ziev korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida o`tkazilgan matbuot anjumanida bank xodimi 750 million so`m pensiya pullarini qimor o`ynab, yutkazib qo`ygani haqidagi gapi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Bank brendi va axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy izoh berdi.   

Boshqaruv raisi o`rinbosari nutqida o`tgan yili tarmoqda tarqalgan holatlarga iqtibos keltirgan va kontekstdan olingan bu misol, shunday holatlarni bankning  o`zi aniqlab, bu haqda huquq tartibot organlariga o`zi ma`lumot berishi va bu orqali korrupsiyaga qarshiligi misoli sifatida keltirilgan.  

Qolaversa, mijozlarning naqd puldan bank kartalariga o`tishining 1 yil ichida 30 foizga ko`payishi sayyor kassalarning optimizasiya qilinishiga va naqd pul tarqatishdagi risklarni kamaytirishga xizmat qilishi aytilgan.  

Ochiq eshiklar kunida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishda ham, bank kartalaridan foydalanishning afzalliklarini jamoatchilikka etkazishda ham OAV va blogerlarning roli beqiyosligiga alohida to`xtalib o`tilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1