AsosiyJamiyat
5563

Sirdaryoda 280 o`rinli bog`cha foydalanishga topshirildi

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida 280 o`rinli maktabgacha ta`lim muassasasi mukammal ta`mirlanib, foydalanishga topshirildi. 

Muassasadagi turli ertak qahramonlari tasvirlari aks etgan maxsus ayvonlar, mini-futbol, voleybol, basketbol maydonchalarida barcha qulaylik yaratilgan. Musiqa, rus va ingliz tillari to`garaklari, sport mashg`ulotlari o`tkaziladigan xonalar zarur qo`llanmalar, ko`rgazmali qurollar, zamonaviy sport buyumlari bilan jihozlangan. 

Muassasaning qurilish-ta`mirlash ishlari “Mirakonta`mirservis“ qurilish korxonasi quruvchilari tomonidan amalga oshirilgan bo`lib, bog`cha turli qattiq va yumshoq jihozlar, o`yinchoqlar va 12 turdagi o`quv jihozlari bilan ta`minlandi. 

Bu erda raqs, badiiy gimnastika va boshqa yo`nalishlarda mashg`ulotlarni samarali o`tkazish uchun barcha sharoit muhayyo, deya xabar beradi O`zA.

Boshqa yangiliklar