1

"Xanchjou-2022" XIX yozgi Osiyo va IV Para Osiyo o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi

Sport 21.12.2023, 21:38
"Xanchjou-2022" XIX yozgi Osiyo va IV Para Osiyo o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident Qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga binoan oltin medalni qo`lga kiritgan sportchilar 10 000, kumush medal egalari 5 000, bronza medali sohiblari 2500 AQSh dollari; ularning murabbiylari esa ushbu summalarning teng yarmi miqdorida, mos ravishda 5 000, 2500 hamda 1250 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga binoan Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo va IV Para Osiyo o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilar, ularni tayyorlagan murabbiylarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu xaqda muxbirimiz Oybek Shukurov Toshkent shahridagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida tashkil etilgan tadbirdan ma`lum qildi.  

Taqdirlash marosimida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo`mitalari, sport federasiyalari mas`ullari, sportchi va murabbiylar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov ochib berar ekan, davlatimiz hamisha xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozongan sportchilarimizni qo`llab-quvvatlab kelishi, ularga barcha sharoitlarni yaratib berishini ta`kidladi. O`z navbatida, Vazir Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Milliy Paralimpiya qo`mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev sportchilarimizni qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida, xususan, Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga tayyorgarlik yo`lida o`zlarining iliq tilaklarini bildirishdi.

Prezident Qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga binoan oltin medalni qo`lga kiritgan sportchilar 10 000, kumush medal egalari 5 000, bronza medali sohiblari 2500 AQSh dollari; ularning murabbiylari esa ushbu summalarning teng yarmi miqdorida, mos ravishda 5 000, 2500 hamda 1250 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda so`z olgan taekvondo WT bo`yicha Osiyo o`yinlari chempioni Ulug`bek Rashitov va boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To`lqin Qilichev, shuningdek, para engil atletika bahslarida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo`lga kiritgan Asila Mirzayorova hamda para kanoe bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi murabbiyi Dilshod Yo`ldoshev ushbu e`tibor va g`amxo`rlik yangi Olimpiya yili oldidan katta motivasiya bo`lishini ta`kidlab, kelgusida bundan ham ulkan g`alabalar sari mehnat qilishlarini bildirishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1