AsosiyJamiyat

Jizzaxlik boshlang`ich sinf o`qituvchisi O`zbekistonda "Yil ayoli" deb topildi

'Jizzaxlik boshlang`ich sinf o`qituvchisi O`zbekistonda "Yil ayoli" deb topildi'ning rasmi

23 dekabr kuni Toshkent shahrida "Yil ayoli" milliy ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda MMT vazirligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Yil ayoli" unvonini Jizzax shahridagi 26-umumta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Ro`zigul Orziqulova qo`lga kiritdi. Unga avtomobil kalitlari prezident sovg`asi sifatida topshirildi.

Ma`lumot uchun, "Yil ayoli" ko`rik-tanlovi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga salmoqli hissa qo`shayotgan, turli sohalarda mehnat qilayotgan, oilada va farzand tarbiyasida o`rnak bo`layotgan ayollarni qo`llab-quvvatlash, faollik ko`rsatish maqsadida har yili o`tkazib kelinmoqda.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qat`iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan ayollar, hatto uy bekalari ham ishtirok etishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar