AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yoshi etmay turmushga berilayotgan qizning to`yi to`xtatildi — Bolalar ombusmani

'Qashqadaryoda yoshi etmay turmushga berilayotgan qizning to`yi to`xtatildi — Bolalar ombusmani'ning rasmi

Bolalar ombudsmani erta nikohlar va maktab yoshidagi qizlarga nisbatan unashtiruv marosimlarini o`tkazilishi kabi salbiy holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Ko`kdala, Kasbi va Koson tumanlarida o`rganishlar o`tkazdi.

22 va 23 dekabr kunlari Bola huquqlari bo`yicha vakil — Bolalar ombudsmani Surayyo Raxmonova Koson, Kasbi va Ko`kdala tumanlarida bo`ldi.

U ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishlarda bugungi dolzarb va og`riqli masala - erta nikoh holatlarini oldini olish va bu borada mas`ullar oldida turgan muhim vazifalar muhokama etildi. 

Shuningdek, Bolalar ombudsmani shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan voyaga etmagan qizlarning turmushga berilgani haqidagi xabarlarni ham o`rgandi. Holatlar tahlil qilindi.

Tashkil qilingan uchrashuvlarda farzandlarini erta turmushga bermoqchi bo`lgan ota-onalar ham chaqirtirilib, ularga erta nikohning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Bu holatlarga yo`l qo`ygan ota-onalar Ma`muriy va Jinoyat kodekslari bilan belgilangan javobgarlikka tortilishi eslatildi.

Bolalar ombudsmani unashtiruv marosimi o`tkazilgan deb ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqagan har bir qiz bilan uchrashib, ular bilan alohida xoli suhbat o`tkazdi. 

"Tumanlarda o`rganish va tahlillar olib borildi. 
Bugun, 23-dekabr kuni o`rganishlar natijasida, tuman hokimiyati va mutasaddilar Koson tumanidagi bir oila 18 yoshga to`lmagan qizini to`yi belginganligini aniqlab, to`y va unga bog`liq barcha marosimlar to`xtatildi. FHDYo tomonidan qayd etilgan nikoh guvohnomasi bo`lmay shar`iy nikox o`qigan diniy vakil javobgarlikka tortilishi choralari ko`rildi. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom etadi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar