"O`zgidromet" O`zbekiston bo`ylab 26-28 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazim viloyatida havo o`zgarib turadi, 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin.
27-28 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 27-28 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 27-28 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 27 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 27 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 26-27 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 28 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat; 26 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 27 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 28 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 27-28 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 27-28 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 26-27 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 28 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 27-28 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi,. 26-27 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog` hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 28 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 dekabrda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 27 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 28 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo`ladi.






