Avvalroq xabar berganimizdek, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatining ba`zi tumanlarida chang-to`zon hodisalari kuzatilmoqda.
Shu sabab Buxoro aeroportida samolyotlarni qabul qilish cheklandi
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo`nalishi bo`yicha HY 21 reysi soat 08:56 da Navoiydagi aerodromga qo`ngan.
Bugungi HY285/286 reyslari ham o`zgartirilgan jadval va yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi:
HY285 Navoiy – Istanbul, jo`nash mahalliy soat 13:00 da
HY286 Istanbul – Buxoro, jo`nash soat 19:15 da, Buxoroga etib kelish 23:25 da
HY22 Buxoro – Toshkent, jo`nash mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da, Toshkentga etib kelish soat 01:00 ga rejalashtirilmoqda.






