Ijtimoiy tarmoqlarda “Amirsoy”da Gentra pastlikka tushib ketgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu videodagi holat bundan 1 yil avval, 2022 yilning dekabr oyida, Bo`stonliq tumani hududida sodir bo`lgan. Avtomobil muzlamada sirg`alib borishi natijasida qiyalikka tushib ketgan, mashina salonida bo`lgan fuqarolar jarohat olmagan.
Transport vositasi texnik shikastlangan.






