AsosiyMadaniyat

“Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti o`tkazildi

Kecha, 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida "Oltin Humo" milliy kinotaq...

Kecha, 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida "Oltin Humo" milliy kinotaqdimotining 2023 yilgi taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi. 

Tadbir Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida bir qator o`zbek kinoijodkorlari va kino sohasi vakillari 17 ta nominasiya bo`yicha mukofotlanadi.

Jumladan:

"Eng yaxshi ssenariy" — Shokir Xoliqov "Yakshanba" filmi uchun;

"Eng yaxshi ayol roli" — Shodiya Abduqodirova "Sudya" filmidagi roli uchun;

"Eng yaxshi erkak roli" — Rustam Karimov "Doktor Abdullaev" filmidagi roli uchun;

Shuningdek, "Tomoshabinlar mehrini qozongan film" — "Abdulla Oripov" kinokartinasi;

O`zbekiston xalq artisti, dublyaj san`ati ustasi Mukambar Rahimova o`zbek kinosiga qo`shgan hissasi uchun taqdirlandi.

"Oltin Humo — 2023" eng yaxshi filmi — "O`zbek qizi" filmi" ijodkorlariga nasib etdi.

    Boshqa yangiliklar