AsosiyJamiyat

2024 yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi

'2024 yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi'ning rasmi

“2024 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. 

Qonun bilan 2024 yil uchun O`zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog`liq munosabatlar tartibga solindi.

Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlariga ajratiladigan grant mablag`larining belgilangan miqdorlari Qonunga o`zgartish kiritilmasdan ko`paytiriladi.

O`zbekiston byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari bo`yicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun etarli asoslar mavjud bo`lmagan hollarda:

- respublika byudjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan;

- 3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.

O`zbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog`ozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln so`m miqdorida belgilandi.

2024 yil uchun O`zbekiston konsolidasiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilandi. 

Qonunga ko`ra, jumladan soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga to`liq hajmda o`tkaziladi:

- jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i;

- jismoniy shaxslardan olinadigan er solig`i;

- mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to`g`risidagi deklarasiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to`lanadigan, shuningdek YaTTlar tomonidan to`lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i;

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to`lanadigan soliq mustasno;

- noruda qurilish materiallari bo`yicha er qa`ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qonun 2024 yil 1 yanvardan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar