AsosiyJamiyat

Samarqandda noqonuniy mayning ferma tashkil qilgan ayol davlatga 4 mlrd so`m zarar keltirgani aniqlandi

'Samarqandda noqonuniy mayning ferma tashkil qilgan ayol davlatga 4 mlrd so`m zarar keltirgani aniqlandi'ning rasmi

Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 48 yoshli (ayol) A.G. o`ziga tegishli bo`lgan MChJ xo`jalik hududida noqonuniy ravishda "Mayning" fermasini tashkil qilib, jami 10 ta mayning qurilmasidan foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, "Mayning ferma" faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz hamda elektr tarmog`iga hisoblagichlarsiz o`zboshimchalik bilan ulanib, davlatga 3 mlrd 852 ming so`m miqdorida moddiy zarar etkazganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 192/11-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, A.G.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, ushbu shaxs JKning 192/11-moddasi 2-qismi “a” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun BHMning bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar