AsosiyJamiyat

2 hududda pora evaziga "prava" olib berishni va`da qilganlar ushlandi

'2 hududda pora evaziga "prava" olib berishni va`da qilganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo`limi hamda DXX xodimlari hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Sh.A. 5 nafar fuqaroga go`yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.I. fuqaro M.F.ning ishonchga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 400 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar