Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonga 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 85,2 mln AQSh dollariga teng bo`lgan qariyb 120 ming tonna banan import qilingan.
O`zbekiston 2023 yilning 11 oyida eng ko`p banan import qilgan davlatlar:
— Ekvador – 117,5 ming tonna;
— Turkiya – 639 tonna;
— Xitoy – 474 tonna;
— Qozog`iston – 375 tonna;
— Gruziya – 231 tonna.
Eslatib o`tamiz, 2022 yilning mos davrida O`zbekistonga 127,2 ming tonna banan import qilingan.






