AsosiyJamiyat

"Marhumning noodatiy xatti-harakatlari sababli muassasadagi boshqa mahkumlar u bilan bir kamerada o`tirishni istamagan"

'"Marhumning noodatiy xatti-harakatlari sababli muassasadagi boshqa mahkumlar u bilan bir kamerada o`tirishni istamagan"'ning rasmi

Avvalroq, Navoiyda turmadagi mahkum o`z joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 24 yoshli mahkum Samarqand viloyati Toyloq tumani sudining 2021 yil 10 noyabrdagi hukmiga kura, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) va 60-moddasi (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bilan 14 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ombudsmanga taqdim qilingan ma`lumotlarga ko`ra, marhum F.Q. muqaddam ruhiyatning o`zgarishi bilan bog`liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo`lgan mahkumlar ro`yxatida turgan. Mahkum F.Q. jazo muddatini o`tashi davomida 23-son mahkumlarga mo`ljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonaning psixiatriya bo`limida 2 marotaba davolangan.

Marhumning oila a`zolari uning jazo muddatini o`tashi davomida qisqa va uzoq muddatli uchrashuvga kelishmagani, faqatgina mahkum F.Q. ular bilan 6 marotaba telefon orqali suhbatlashgani aniqlandi.

Shuningdek, marhumning noodatiy xatti-harakatlari sababli muassasadagi boshqa mahkumlar u bilan bir kamerada o`tirishni istamaganligi sababli mahkum F.Q. 2023 yil 24 dekabr kunidan buyon alohida saqlangan.

Hozirda holat yuzasidan maxsus prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Ombudsman yuqorida qayd etilgan xabarlar yuzasidan tekshiruv har tomonlama, to`liq va qonuniy o`tkazilishini nazorat qiladi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar