Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartirishlar kiritildi.
Shunga ko`ra, ma`muriy ishlar bo`yicha sud qarorlarini qayta ko`rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.
Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko`rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyasiya yoki kassasiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassasiya tartibida ko`rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atida taftish tartibida qayta ko`rilishi belgilandi.
Shuningdek, ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish bo`yicha qaror ustidan apellyasiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Apellyasiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyasiya instansiyasi sudi tomonidan ko`rilishi lozim.
Ma`muriy qamoqqa olish yoki ma`muriy tartibda chiqarib yuborish to`g`risidagi qaror ustidan berilgan apellyasiya 1 sutka ichida ko`riladi.






