1

“Krik 7” filmning rejissyori G`azoni yoqlagani uchun ishdan bo`shatildi

Madaniyat 26.12.2023, 22:40
“Krik 7” filmning rejissyori G`azoni yoqlagani uchun ishdan bo`shatildi

Amerika va Evropada Isroilning G`azo sektoriga uyushtirilgan hujumlarga o`z munosabatini bildirayotgan san`atkorlarga bosim o`tkazilmoqda.

Xususan, “Krik 7” film rejissyori Kristofer Lendon shu tufayli suratga olish maydonidan ketishini ma`lum qildi.

Noyabr oyi boshida asosiy aktrisa Melissa Barrera G`azo sektori bilan bog`liq ijtimoiy tarmoqlardagi postlari tufayli filmdagi rolini yo`qotgan edi.

Lendon o`zining ketishini G`azodagi vaziyat bilan bevosita bog`lamagan bo`lsa-da, rejissyorning qaroriga Barreraning ishdan bo`shatilishi bilan bog`liq voqea ta`sir qilganini aytgan.

Noyabr oyida o`zining Instagram sahifasida Barrera G`azo inqirozini "konsentrasion lagerlar" bilan taqqoslagan. Uning ta`kidlashicha, G`arb ommaviy axborot vositalari faqat Isroil nuqtai nazarini aks ettiradi.

Film prodyuserlari Barrerani “antisemitizm”da ayblab, ishdan bo`shatishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1