AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov qizini nikoh yoshiga etmay erta turmushga bergani ma`lum bo`ldi

'Ozodbek Nazarbekov qizini nikoh yoshiga etmay erta turmushga bergani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning sentyabr oyida, san`atkor Yorqinxo`ja Umarov Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qiziga uylandi.

San`atkorning onasi Zohida Umarova esa intervyularining birida kelini 17 yoshda ekanligini, o`g`li esa 31 yoshdaligini aytib qo`ydi.

O`zbekiston Respublikasi qonunlariga asoslanadigan bo`lsak, Oila kodeksida erkaklar va ayollar uchun turmush qurish yoshi o`n sakkiz yosh etib belgilangan. 

Avvalroq, Ozodbek Nazarbekov davlat amaldori bo`lishiga qaramay MChJga rahbarlik qilishi aniqlangan va bu ham qonun buzilishi edi.

Eslatib o`tamiz, bundan sal avval Qashqadaryo viloyati ham qizlar hali maktabni bitirmasdan turib, erta turmushga berib yuborilayotgani muhokamalar markazida bo`lgan edi. 

    Boshqa yangiliklar