Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston va Yangier shahri hamda Ishtixon tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlarda “L.S.”, “Sh.G’.” MChJ va “A.S.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do`konlarida hech qanday hujjatsiz jami 1 189 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo`yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
28.12.2023 18:27
Ikki viloyatda qalbaki aksiz markali alkogollarni sotmoqchi bo`lganlar qo`lga tushdi






