AsosiyJamiyat

“Temir yo`l transporti to`g`risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi

'“Temir yo`l transporti to`g`risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi'ning rasmi

Me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida O`zbekistonning “Temir yo`l transporti to`g`risida” yangi tahrirdagi qonuni loyihasi muhokamaga qo`yildi.

“Temir yo`l transporti to`g`risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-329-son qaroriga muvofiq tayyorlangan.

Qonun loyihasining asosiy g`oyasi temir yo`l tarmog`ini rivojlantirish uchun tegishli huquqiy muhit yaratish, temir yo`l transportini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, davlat va fuqarolarning temir yo`l transportida yo`lovchi va yuklarni xavfsiz tashishga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar