AsosiyJamiyat

"Forbes" jurnali O`zbekistonni eng yaxshi sayyohlik yo`nalishlari ro`yxatiga kiritdi

'"Forbes" jurnali O`zbekistonni eng yaxshi sayyohlik yo`nalishlari ro`yxatiga kiritdi'ning rasmi

AQShning mashhur "Forbes" jurnalida 2024 yilda albatta borib ko`rish kerak bo`lgan dunyodagi ajoyib sayyohlik yo`nalishlarga bag`ishlangan maqola bosildi.

Unda O`zbekiston 2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi yo`nalishlar ro`yxatiga kiritilgan.  Xususan, "Forbes" moliyaviy-iqtisodiy jurnali o`z o`quvchilariga O`zbekistonni 2024 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi joylardan biri sifatida qayd etib, yurtimizga sayohat qilishga tavsiya etmoqda.

Maqolada dunyodagi etakchi «Lonely Planet» sayyohlik nashri vise-prezidenti Tom Xollning quyidagi so`zlari iqtibos o`rnida keltirilgan: "O`zbekistonda Ipak yo`lining eng yaxshi saqlanib qolgan tarixiy obidalarini, shuningdek, ajoyib tog`lar va istiqbolli poytaxti Toshkentni ko`rishingiz mumkin".
Shuningdek, maqolada mamlakat hududlari bo`ylab sayohat qilish uchun qulay va arzon poezd xizmatlari yo`lga qo`yilgani ma`lum qilingan. "AQShdan O`zbekistonga sayohat qiluvchilar uchun Nyu-York shahridan haftasiga bir nechta to`g`ridan-to`g`ri aviareyslar yo`lga qo`yilgan. Shuningdek, Seul va Istanbul orqali ham borish ham sayyohlar uchun qulayliklar yaratadi", - deyiladi nashrda.

Qayd etish kerakki, "Forbes" O`zbekistonni 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta hududlar ro`yxatiga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar