Janubiy Koreyaning yirik muxolifat partiyasi "Toburo" etakchisi Li Chje Myon Pusan shahriga tashrifi chog`ida hujumga uchradi.
Li qurilayotgan aeroportga tashrif buyurganidan so`ng jurnalistlar bilan suhbatda noma`lum shaxs uning bo`yniga jarohat etkazgan. Siyosatchi shoshilinch shifoxonaga yotqizildi.
Hujumni sodir etgan shaxs qo`lga olindi, uning yonidan 20-30 sm uzunlikdagi qurol topilgan.
Li Chje Myon 2022 yilda Janubiy Koreyada bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan, keyin u 47,83 foiz ovoz oldi.
"Xalq kuchi" partiyasi vakili Yun Sok Yol esa 48,56 foiz ovoz olib, davlat rahbari bo`ldi.






