AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" erta va indin uchun ob-havo prognozlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" erta va indin uchun ob-havo prognozlarini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun va ertaga O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati bugun kunduzi 8-13o iilqni tashkil etadi, ertaga 12-15o iliqqacha biroz ko`tariladi, kechalari termometr ustuni 0 atrofida bo`ladi. Ertaga kechasi va ertalab respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5 yanvar - juma kuni O`zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi, tog`li hududlarda qor yog`ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5o iliq, kunduzi 10-15o iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda: yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 yanvarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 10-12o iliq, 4 yanvarda kechasi 0-2o iliq bo`ladi, kunduzi havo 13-15o iliqgacha isiydi, 5 yanvarda kechasi 2-4o iliq bo`ladi, kunduzi 11-13o iliqgacha biroz pasayadi.

    Boshqa yangiliklar