Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi “Yangi O`zbekistonda duv-duv gap” mavzusida badiiy film yaratish bo`yicha tanlov e`lon qilindi.
Tanlov 2 bosqichda o`tkaziladi.
1-bosqichi 2024 yilning 5 yanvaridan 15 yanvariga qadar davom etadi. Unda filmning adabiy ssenariysi uchun sinopsislar tanlab olinadi. Sinopsisda quyidagi g`oyalar yuqori badiiy saviyada aks ettirilishi lozim:
▪️ Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilgan islohotlar;
▪️ Yangi O`zbekiston davrida amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlar, ma`naviy, ma`rifiy va madaniy sohalardagi ijobiy o`zgarishlar;
▪️ mahallaning jamiyatdagi o`rni va rolini kuchaytirish, xalq bilan davlat o`rtasidagi “ko`prik” vazifasini bajaruvchi tuzilma sifatida tashkil qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlar;
▪️ xalqimizning o`ziga xos urf-odatlari, an`analari, qadriyatlari, ezgu fazilatlari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ibratli hayotiy saboqlar;
▪️ “oila – muqaddas”, “keksalarga hurmat”, vatanparvarlik, adolat, ezgulik kabi qadriyatlar.
Tanlovga taqdim etiladigan sinopsislar quyidagi talablarga muvofiq bo`lishi lozim:
a) filmning asosiy qahramonlari, ularning o`ziga xos xarakteri, asosiy syujet liniyasi, voqealar, avj nuqtasi va echimi aks etgan bo`lishi;
b) o`zbek tilida, adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 formatda, 14 shriftda, 1,5 intervalda yozilgan bo`lib, hajmi 3-5 sahifadan iborat bo`lishi kerak.
2-bosqichi 2024 yilning 16 yanvaridan 30 yanvariga qadar davom etadi. Unda 1-bosqichda tanlab olingan sinopsislar asosida kinoloyihalar tanlab olinadi. Kinoloyihada quyidagi ma`lumotlar aks etishi lozim:
▪️ filmning ishchi nomi, formati va umumiy hajmi;
▪️ janri, auditoriyasi;
▪️ taxminiy xarajatlar smetasi;
▪️ taqdimot (ijodiy guruh, aktyorlar, lokasiyalar va boshqa ma`lumotlar).
Sinopsislar va kinoloyihalar belgilangan muddatlarda tanlov ishtirokchisining arizasi, ismi-sharifi va u haqida qisqacha ma`lumotni biriktirgan holda “Tanlov komissiyasiga” deb qayd etilgan konvertda Kinematografiya agentligiga taqdim etilishi lozim.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefon: 71 277-81-49, 90 907-44-44
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko`chasi, 1A-uy