1

Kaliforniya universiteti olimlari gipertoniyadan samarali himoyalanish yo`lini topishdi

Salomatlik 04.01.2024, 09:46
Kaliforniya universiteti olimlari gipertoniyadan samarali himoyalanish yo`lini topishdi

AQShning Kaliforniya universiteti olimlari 5100 kishi ishtirokida o`tkazilgan 30 yillik tadqiqot natijalarini e`lon qildi. Ushbu xulosalar jismoniy faollik katta yoshli kishilarda gipertoniya rivojlanishiga qanday ta`sir qilishini aks ettiradi.  

Tadqiqot avvalida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan qatnashchilarning hayotiy faoliyati tahlil qilindi. So`ngra ularning 40 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan davrdagi salomatlik ko`rsatkichlari o`rganildi.  

Yakunda gipertoniyaning oldini olish uchun yoshlikda haftasiga kamida besh soat jismoniy mashq qilish kerak, degan xulosaga kelindi.  

Xo`sh, bu yangilikning o`ziga xos jihati nimada?

Gap shundaki, ushbu mavzuda avval ham qator izlanishlar olib borilgan. Ularga tayanib, shifokorlar kelgusida qon bosimi bilan bog`liq muammolarga duch kelmaslik uchun haftada 150 daqiqa o`rtacha yoki 75 daqiqa intensiv jismoniy faollikni tavsiya qiladi.  

Yangi tadqiqot esa bu ko`rsatkichni taxminan ikki baravar oshirish zarurligini tasdiqladi. Ya`ni yosh o`tishi bilan qon bosimi xastaliklaridan aziyat chekmaslik uchun kuniga atigi bir soat badantarbiya va engil jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish kifoya.  

Qolaversa, mutaxassislar gipertoniyadan himoyalanishda boshqa profilaktik usullar, jumladan, tuz iste`molini kamaytirish, vaznni nazorat qilish, spirtli ichimliklardan tiyilish va chekishni tashlash muhimligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1