Issiqlik energiyasi iste`moli datchiklarini almashtirish zarurati tufayli bugun, 4 yanvar kuni quyidagi manzillarda issiqlik ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi:
- Yakkasaroy tumani: Boshliq va Qushbegi mavzelari.
- Sergeli tumani: Avia shaharcha va Oltin Vodiy ko`chalari.
- Mirobod tumani: G. Aliev ko`chasi.
Issiqlik ta`minoti ishlar tugashi bilan (taxminan bugun soat 18:00 gacha) tiklanadi.
"Veolia Energy Tashkent" MChJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raydi va issiqlik ta`minotini tezroq qayta tiklash uchun barcha zarur choralarni ko`radi.