Internet tarmog`ida Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi qo`lga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi Sh. Yu. Jinoyat kodeksining 208-moddasi va boshqa moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha gumondor sifatida jalb qilingan. Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi uning go`yoki “maxsus tadbirda qo`lga olingani”ga oid xabarlar asossiz, haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
Sh. Yu. jinoyat ishi qo`zg`atilishidan ancha oldin, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.