"O`zgidromet" xabariga ko`ra bugun kunduzi respublika bo`ycha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° iliq, shimolda 3-8° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.
07.01.2024 08:51