2023 yil 18 dekabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi xonadonda yuz bergan yong`inda ayol va uning ikki qizi halok bo`lgani haqida xabar berilgandi.
"Millar" ko`rsatuviga murojaat qilgan marhumaning qarindoshi hodisa oqibatida xonadon egalari uysiz qolganini, hech kim ulardan xabar olmaganini aytmoqda.
Mahalla fuqarolar yig`ini ekspertiza paytida xonadonni tiklash ishlarining imkonini bo`lmagani, hozirda uyni qayta qurish uchun homiylar topilib, barcha choralar ko`rilgani qayd etdi.
Yashnobod tuman hokimligi mas`ul xodimining aytishicha, xonadon egalari mahalla hududidagi ko`p qavatli uylarda vaqtinchalik yashab turishga rozi bo`lishmagan.
"Biz boshqa hududdan ularga vaqtincha yashab turish uchun uy topdik. Bugunning o`zida ko`chirish choralari ko`riladi”, — deydi hokimlik xodimi.