Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi.
2022 yil 1 apreldan 2028 yil 31 dekabrga qadar (avval 2024 yil 31 dekabrgacha) bo`lgan davrda:
➖JShODSdan ozod qilinadi – O`zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo`lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo`yicha dividendlar tarzidagi daromadlari;
➖foyda solig`i bo`yicha 5 % miqdorida soliq stavkasi qo`llaniladi – O`zbekiston norezidentlari bo`lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo`yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga;
➖foyda solig`i hamda JShODSdan ozod etiladi – O`zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo`jalik jamiyatlari obligasiyalari bo`yicha foizlar tarzidagi daromadlari.
08.01.2024 18:31
Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi






