Samarqand tumani va shahridagi ikki nafar soliq inspeksiyasi xodimi pora olgani uchun qamaldi.
Ma`lum bo`lishicha, soliq inspeksiyasi xodimi Bulung`ur tumanida tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi fuqaroga soliqlardan asossiz hisoblangan qarzdorlikni kamaytirishda yordam berishini aytgan. Buning evaziga 1000 AQSh dollari talab qiladi. Ushbu pul evaziga tadbirkorning qariyb 300 mln so`mlik soliq va penya qarzdorligini kamaytirib bermoqchi bo`ladi. Jinoyatiga tuman kameral soliq tekshiruvlari shu`basi boshlig`ini ham sherik qiladi.
Soliqchi tadbirkordan kelishilgan pulning 500 dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida soliq xodimlari Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.






