Qozog`iston respublikasi Qarag`anda viloyati qutqaruvchilari buzilgan avtobusning 40 dan ortiq yo`lovchilarini evakuasiya qildi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
9 yanvar kuni avtobus yo`lovchilari bilan Olmaota-Ekaterinburg shossesida Chimkent-Tobolsk yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan bo`lgan. Avtobusning buzilish sabablari haqida xabar berilmagan.
“Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari nosoz avtobusdan 41 kishini evakuasiya qildi, shundan 14 nafari O`zbekiston, 27 nafari Qozog`iston fuqarolari”, — deyiladi xabarda.
Yo`lovchilar orasida jabrlanganlar yo`q, ular tibbiy yordamga muhtoj emas.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo`ron haqida ogohlantirish paytida aholi punktlaridan tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.






