AsosiyDunyo

10 mingga yaqin bola va 7 ming ayol Isroilning G`azodagi agressiyasi qurboni bo`ldi

'10 mingga yaqin bola va 7 ming ayol Isroilning G`azodagi agressiyasi qurboni bo`ldi'ning rasmi

Isroilning blokirovka qilingan eksklavdagi hujumlari natijasida 290 ming turar-joy binosi, 295 ta ta`lim muassasasi va 240 ta masjid qisman zarar ko`rdi.

Isroil armiyasining G`azo sektoriga 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlari natijasida 69 ming turar-joy binosi butunlay vayron bo`lgan. 

Tinch aholi va shifoxonalarga hujumlar

Isroilning G`azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 94 kun ichida 23 084 kishi, jumladan, 10 mingga yain bola va 7 ming ayol halok bo`ldi, 59 mingga yaqin odam jarohat oldi.

Isroil hujumlari qurbonlari

Isroil hujumlari qurbonlari orasida 326 nafar tibbiyot xodimi, 45 nafar fuqaro muhofazasi xodimi va 112 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi bor.

Bundan tashqari, vayronalari ostida qolgan 7 ming kishining taqdiri haqida hech narsa ma`lum emas. Bundan tashqari, bu raqamning 70 foizi ayollar va bolalardir.

Isroil kuchlari hozirgacha 2600 kishini, jumladan, kamida 99 nafar shifokor va tibbiyot xodimlarini, shuningdek, 10 nafar ommaviy axborot vositalari xodimini hibsga olgan.

G`azo sektorining 2 millionga yaqin aholisi yuzlab vaqtinchalik boshpanalarda juda og`ir sharoitlarda yashamoqda va shoshilinch yordamga muhtoj, deyiladi hisobotda.

Vaqtinchalik yashash markazlarida boshpana topgan 1,8 million falastinlikdan 400 ming nafari yuqumli kasalliklarga chalingan.

    Boshqa yangiliklar