“Bryugge” jamoasi himoyachisi Timmi Simons Belgiya termasining Estoniyaga qarshi (8:1) JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 4-turida maydonga tushib, mamlakat termasi safida o`yin o`tkazgan eng keksa futbolchiga aylandi.
“Championat.com” nashrining ma`lum qilishicha, 39 yoshli futbolchi ikkinchi bo`limning yakunida maydonga tushdi va yangi rekord o`rnatdi.
Timmi Simons 2001 yilda Belgiya termasi safida debyut uchrashuvini o`tkazgan edi. Ammo 2013 yildan buyon terma jamoaga chaqiruv olmagandi.
39 yoshli himoyachi Belgiya termasi safida 94 o`yin o`tkazib, jami 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi.





