1

O`zbekistonning import yuklari Xitoyning "Sian Xalqaro Porti"da jamlagan holda marshrut poezdlarida tashiladi

Siyosat 27.01.2024, 09:00
O`zbekistonning import yuklari Xitoyning  "Sian Xalqaro Porti"da jamlagan holda marshrut poezdlarida tashiladi

Xitoyga amalga oshirilgan tashrif davomida O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va "Temiryo`lkargo" AJ delegasiyasi ikki mamlakat o`rtasida temir yo`l tashuvlarini rivojlantirish bo`yicha bir qator yirik loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, blok poezdlar jo`natish bo`yicha Xitoyda birinchi o`rinda turuvchi "Sian Xalqaro Porti"ga tashrif davomida quruqlik portining infratuzilmasi, mavjud logistik imkoniyatlari va yuqori axborot texnologiyalari bilan tanishildi.

Quruqlik portining rahbariyati bilan bo`lib o`tgan muzokaralar davomida O`zbekistonning import yuklarini "Sian Xalqaro Porti"da jamlagan holda marshrut poezdlarida tashish yuzasidan  kelishuvga erishildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1